Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Ham tezkor xizmat ko'rsatilmoqda, ham aholining huquqiy savodxonligi oshirilmoqda


Davlat xizmatlari markazlari aholi uchun muhim va kerakli bo‘lgan davlat xizmatlarini olishi mumkin bo‘lgan joyga aylanib ulgurdi. Shu bois markazlar doimo murojaatchilar bilan gavjum. Ayniqsa, ko‘rsatilayotgan tezkor va shaffof xizmatlar aholiga har tomonlama qulayliklar yaratayotgani bor gap.

Guliston shahar davlat xizmatlari markazi tomonidan aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga bir kunda o‘rtacha  350-400 ga yaqin davlat xizmatlari ko‘rsatiladi. Markazga tashrif buyuruvchilar elektron navbat olib, toki navbati kelgunga qadar o‘rnatilgan monitorlar orqali qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo‘layotgan bo‘lsa, mayin ohangda yangrab turgan mumtoz navolar sadosi ularga zavq ulashmoqda.

Xabaringiz bor, 30-apreldan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi kuchga kirdi. Mehnat qonunchiligi mazmun-mohiyatini keng aholi qatlamiga yetkazish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan 1-iyundan 1-avgustga qadar respublika bo‘ylab “Mehnat huquqlarimizni o‘rganamiz” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda. Aksiya doirasida Davlat xizmatlari markazlarida tashrif buyuruvchilarga mehnat huquqi bo‘yicha tayyorlangan buklet va flayerlar tarqatilmoqda.

Guliston shahar davlat xizmatlari markazi xodimlari ham fuqarolarga mehnat qonunchiligiga oid targ‘ibot materiallari tarqatib, aholining huquqiy savodxonligini oshirishga hissa qo‘shmoqdalar.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati