Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

XODIMLARNING MEHNAT HUQUQLARI HIMOYA QILINADI


“Mehnat huquqlarimizni o’rganamiz” huquqiy aksiyasi doirasida Shirin shahar adliya bo'limi tomonidan 4-son Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida davra suhbati tashkil etildi.

Muloqot mobaynida yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati, ish beruvchi va xodimlarning huquq va majburiyatlari tuishuntirildi. Shuningdek, mehnat munosabatlarida tenglik va qonuniylikni ta'minlash, mehnat shartnomasi, o‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari haqida to'xtalib o'tildi.


Shuningdek, uchrashuvda yangi tahrirdagi Konstitutsiya, saylov qonunchiligi  hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirilib, ishtirokchilarni mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati