Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Rasmiy munosabat


Ijtimoiy tarmoqlar orqali Guliston shahar Davlat xizmatlari markazida elektr energiyasida uzilish bo‘lganligi to‘g‘risidagi murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
2023-yil 6-iyun kuni Guliston shahar davlat xizmatlari markazida elektr energiyasida uzilish kuzatilgan. Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi mas’ullari zudlik bilan Hududiy elektr ta’minoti korxonasi bilan bog‘lanib, holat yuzasidan xabardor qilingan va elektr ta’minotidagi uzilish sabablariga aniqlik kiritilgan.
Guliston shahar elektr ta’minoti korxonasi tezkor dispetcherligining ma’lum qilishicha, 2023-yil 6-iyun kuni Gulishton shahridagi “Markaz” podstansiyasi “Yangi bozor” fiderining 10 kV li chiqish kabeli qisqa tutashuv natijasida soat 12:40 holatiga yonib ketishi tufayli elektr energiyasida uzilish kelib chiqqan.
Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida kabel yangisiga almashtirilib, soat 15:24 holatida “Yangi bozor” fiderida elektr energiyasi qayta tiklangan.
Elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammo bartaraf etilgach, markaz xodimlari tomonidan aholiga tezkor va shaffof davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati