Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Turizm va mehmonxona xizmatlarini ko'rsatish sohasidagi muammolar o'rganildi


So‘nggi yillarda mamlakatimizda turizmga alohida e’tibor qaratilib,  sohani rivojlantirishga qaratilgan qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Albatta, bu sa’y-harakatlar turizmni milliy iqtisodiyotning “o‘sish nuqtalaridan” biriga aylanishiga zamin yaratmoqda.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi va madaniyat va turizm boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan huquqiy targ‘ibot tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023- yilning 26- apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-135-sonli qarori mohiyati va undan kelib chiqadigan asosiy vazifalar xususida so‘z bordi. Tadbirda viloyatdagi mehmonxona va xostellarning rahbarlari ishtirok etdi.

Muloqotda turizmning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash masalalari keng muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbir davomida turizm va mehmonxona xizmatlarini ko'rsatish sohasidagi muammolar o'rganildi. Tadbirkorlar tomonidan turizm va mehmonxona sohalari uchun kadrlar tayyorlash, turizm, mehmonxona faoliyati va moddiy madaniy meros sub’ektlari xodimlarinining malakasini oshirishni tashkil etish yuzasidan takliflar ilgani surildi.

Uchrashuv qizg‘in ruhda o‘tdi. Jarayonda 10 ga yaqin murojaatlar ish yurituvga qabul qilindi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati