Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Seminar keng qamrovli va samarali bo'ldi


O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Sirdaryo viloyati Kengashi majlislar zalida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi bilan hamkorlikda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Yangi tahrirdagi “Mehnat kodeksi” hamda O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida seminar tashkil qilindi.

Unda davlat organlari va tashkilotlari yuriskonsultlari, inson resurslari bo‘limi inspektorlari qatnashdi.  

Seminarda dastlab adliya boshqarmasi Huquqiy axborot bo‘yicha bosh maslahatchisi Dilnoz Umurzoqovaning ma’ruzasi tinglandi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari aniq belgilab berganligi, u adolatli jamiyat qurish yoʻlidagi maqsadlar uchun muhim dasturilamal ekanligi alohida ta’kidlanib, konstitutsiyaga kiritilgan yangi modda va normalar sharhlandi.

Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Matluba Xudoyberdiyeva “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi Qonun mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tdi.

Muloqotda ushbu Qonun genderga oid audit o‘tkazishning huquqiy asoslarini mustahkamlash, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlanishda muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida ta’kidlandi.

Mehnat sohasidagi qonunchilikning maqsadi — xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarini, ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yakka mehnat va ijtimoiy munosabatlarda muvozanat va muvofiqlikni ta’minlash asosida tartibga solishdan iborat. Ushbu faoliyat bilan bog‘liq barcha munosabatlarni Mehnat kodeksi tartibga soladi. Shu ma’noda, Prezidentimiz o‘tgan yil 28 oktyabrda imzolagan “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun bu borada o‘z yechimini kutayotgan dolzarb vazifalar yechimini topishda muhim dasturulamal bo‘ldi.

Seminarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Sirdaryo viloyat Kengashi Mehnat huquqi inspektori Shirinxon Umaraliyeva tomonidan yangi Mehnat kodeksi amaldagisi bilan taqqoslanib, mavjud farqlar ko‘rsatildi. Shuningdek, yangi tahrirdagi kodeksga kiritilgan aniqliklar, tuzatishlar va qo‘shimchalar misollar orqali izohlandi, yangi tartiblar, intizomiy qoidalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.  

Yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati