Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

"Huquqiy axborot kuni" o'tkazildi


Shirin shahar adliya boʻlimi va Shirin shahar IIB xodimlari bilan hamkorlikda "Mirzo Ulugʻbek" mahallasida "Huquqiy axborot kuni" tashkil etildi.

Ushbu mahalla jinoyatchilik ko'rsatkichi bo'yicha "sariq" hudud toifasiga kiritilgan bo'lib, aholi bilan muloqot davomida dastlab tovlamachilik, giyohvandlik, maʼmuriy nazorat qoidalarini buzish kabi jinoyatlar uchun belgilangan jazo choralari haqida to'xtalib o'tildi.

Shuningdek, "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida mahallada ijtimoiy profilaktik tadbirlarni kuchaytirish,  ushbu turdagi jinoyatlardan jabrlanib qolishi havfi yuqori boʻlgan fuqarolar bilan ishlash bo'yicha alohida chora-tadbirlar belgilab olindi.

Tadbir mobaynida bir qator qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirildi. Jumladan, Yangi tahrirdagi Konstitutsiya, "Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi, Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida"gi va «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida»gi 2023-yil 6-maydagi OʻRQ–838-son Qonunilari mazmun-mohiyati haqida keng ma'lumotlar berildi.

"Huquqiy axborot kuni"da fuqarolar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati