Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Adliya aralashuvi bilan fuqaroning murojaati ijobiy yechim topdi


Sardoba tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro Z.Mustafakulovaning murojaati o‘rganildi. Bayon etilishiga, Z.Mustafoqulova 2019-yilda nafaqaga chiqib, 2022-yilda II-guruh nogironiga aylangan. U nogironlik guruhiga chiqqanidan so‘ng nafaqasini qayta hisoblatish maqsadida Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining Sardoba tuman bo‘limiga bir necha marotaba murojaat qilgan, biroq uning murojaati e’tiborsiz qoldirilgan.

Ushbu masalada Z.Mustafoqulova adliya ko‘magiga tayandi. Tuman byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi mas’ullarining e’tiborsizligidan norozi bo‘lib, II-guruh nogironligi uchun nafaqa tayinlanishida amaliy yordam so‘radi.

Mazkur murojaat asosida Sardoba tuman adliya bo‘limi tomonidan Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining tuman bo‘limida tegishli tartibda monitoring o‘tkazildi. Monitoring davomida Z.Mustafakulovaga 2021-yil 23-aprelda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanganligi, Mirzaobod tumanlararo TMEK tomonidan 2022-yil 25-oktabrda berilgan II-guruh nogironligi to‘g‘risidagi xulosasi haqiqatdan ham bugungi kunga qadar inobatga olinmaganligi aniqlandi.

Sardoba tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro Z.Mustafakulovaning murojaati o‘rganildi. Bayon etilishiga, Z.Mustafoqulova 2019-yilda nafaqaga chiqib, 25.10.2022-yilda II-guruh nogironiga aylangan. U nogironlik guruhiga chiqqanidan so‘ng nafaqasini qayta hisoblatish maqsadida Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining Sardoba tuman bo‘limiga bir necha marotaba murojaat qilgan, biroq uning murojaati e’tiborsiz qoldirilgan.

Ushbu masalada Z.Mustafoqulova adliya ko‘magiga tayandi. Tuman byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi mas’ullarining e’tiborsizligidan norozi bo‘lib, II-guruh nogironligi uchun nafaqa tayinlanishida amaliy yordam so‘radi.

Mazkur murojaat asosida Sardoba tuman adliya bo‘limi tomonidan Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining tuman bo‘limida tegishli tartibda monitoring o‘tkazildi. Monitoring davomida Z.Mustafakulovaga 2021-yil 23-aprelda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanganligi, Mirzaobod tumanlararo TMEK tomonidan 2022-yil 25-oktabrda berilgan II-guruh nogironligi to‘g‘risidagi xulosasi haqiqatdan ham bugungi kunga qadar inobatga olinmaganligi aniqlandi.

Pensiya togrisidagi qonunning 4-moddasiga asosan fuqarolarga Pensiyani tanlash huquqi berilgan. Unga ko'ra, "Davlat pensiyalarining turli xillarini olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarga ularning o‘zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi" deya belgilangan. Ushbu norma talabidan kelib chiqqan holda Z.Mustafakulovaga ikki turdagi pensiyadan birini tanlash vakolati berildi.

Adliya aralashuvi bilan  Z.Mustafakulovaning murojaati ijobiy yechim topdi, fuqaroning xohishishiga ko‘ra, unga  nogironlik pensiyasi tayinlandi.



Shoxjahon Tamirbayev,

Sardoba tuman adliya bo'limi bosh maslahatchisi