Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

So'ragan edingiz...


Savol: Qaysi hollarda bir tarafning arizasiga asosan FHDY organlari tomonidan nikohdan ajratish ishlari ko`rilishi mumkin?

Javob: Oila Kodeksining 43-moddasiga asosan er-xotindan birining arizasi bo`yicha fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohdan ajratish agar er-xotindan biri:

-sud tomonidan bedarak yo`qolgan bo`lsa;

-sud tomonidan ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiuz deb topilgan bo`lsa;

-sodir qilgan jinoyati uchun uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan bo`lsa o`rtada voyaga yetmagan bolalari borlugidan qati nazar, er-xotindan birining arizasiga ko`ra ular fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida nikohdan ajratiladi.

Agar bolalar haqida, er-xotinning birgalikdagi umumiy mol-mulkini bo`lish haqida yoki yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er (xotin)ga ta`minot berish uchun mablag` to`lash haqida nizo mavjud bo`lsa, ular nikohdan sud tartibida ajratiladi.