Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Nogironlar ham jamiyatning teng huquqli a'zosi


Mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini, tenglikni ta’minlash ustuvor vazifalardan biri sanaladi.

Yangi tahrirdagi Konstitusiyada ham nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha alohida moddalar kiritilib, ularning huquqlari davlat muhofazasida ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Xususan, Konstitusiyaning 57-moddasida mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasida ekanligi alohida qayd etilgan.

Davlat aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining turmush sifatini oshirishga, jamiyat va davlat hayotida to‘laqonli ishtirok etishi uchun ularga shart-sharoitlar yaratishga hamda ularning asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan choralarni ko‘radi.

Davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalar ob’yektlari va xizmatlaridan to‘laqonli foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi, ularning ishga joylashishiga, ta’lim olishiga ko‘maklashadi, ularga zarur bo‘lgan axborotni to‘sqinliksiz olish imkoniyatini ta’minlaydi.


Sayxunobod tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan O'zbekiston ko'zi ojizlar jamiyati Sirdaryo viloyat bo'limi bilan hamkorlikda 1-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi.

Ta’kidlanganidek, yangi tahrirdagi Konstitusiyada aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan moddalarning kiritilganligi nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilinishida mustahkam huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Muloqot davomida yurtimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami huquqlarini mustahkamlashga qaratilgan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Bir so‘z bilan aytganda mazkur tadbir aholining huquqiy savodxonligini oshirishda muhim omil bo‘ldi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati