Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Adliya boshqarmasining kengaytirilgan hay’at majlisida 2023- yilning 3 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasining navbatdagi kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Adliya boshqarmasi tomonidan 2023- yilning 3 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Hay’at majlisida boshqarma rahbar va xodimlari, tuman (shahar) adliya bo'limlari boshliqlari, "ZOOM" platformasi orqali tuman (shahar) adliya bo‘limlari studiyalaridan adliya, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, davlat xizmatlari markazlari, FHDY bo‘limlari  mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.

Qayd etilganidek, hisobot davrida boshqarma tarkibiy bo‘linmalari hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.

Xususan, 275 ta qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi.

Aniqlangan 8762 ta qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlariga 352 ta taqdimnoma, 1107 ta ogohnoma hamda aybdor shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 132 ta takliflar kiritildi.

Ko‘rilgan ta’sir choralari natijasida 2969 ta noqonuniy qarorlar bekor qilindi, 267 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilib, shundan 8 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Sudlarga 11 mlrd. 272 mln mln. so‘mlik 318 ta da’vo arizalari kiritildi. Kelib tushgan jami 1328 ta murojaatlarning 1112 tasi qonuniy hal etildi. Aholining huquqiy ongini oshirish bo‘yicha jami 5797 ta targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Hay’at majlisida faoliyatda yo'l qoyilgan xato va kamchiliklar, muammoli masalalarga ochiq-oydin muhokama qilindi. Xususan, Guliston, Xovos, Sayxunobod, Oqoltin tuman adliya bo'limlari faoliyati tanqidiy tahlil qilindi.

Majlisda faoliyat davomida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish, kelgusida sohani takomillashtirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi.


Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Axborot xizmati