Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Respublikada qo‘shimcha 2 ta gaz o‘lchash stansiyasi quriladi


“Tabiiy gaz va suyuq uglevodorodni qazib chiqarish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish hisobini yuritish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–157-son, 12.05.2023-y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-iyulgacha barcha tabiiy gazni qabul qilish va uzatish nuqtalariga onlayn elektron hisoblagichlar o‘rnatiladi.

Mazkur hisoblagichlar soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinib, yagona avtomatlashtirilgan tabiiy gaz harakati tizimi joriy etiladi.

2023-yil 1-oktyabrdan O‘zbekistondan tabiiy gazni quvurlar orqali tashiydigan korxonalarning gazni qabul qilish va uzatish nuqtalariga xromatograf hamda elektron hisoblagichlar o‘rnatilishi majburiy hisoblanadi.

2023-yil 1-iyulgacha tabiiy gaz va suyuq uglevodorodni realizatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomalarga oid ma’lumotlarni kiritish uchun axborot tizimi joriy etiladi.

2023-yil 1-oktyabrdan:

▫️tabiiy gaz va suyuq uglevodorodni realizatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnomalarga oid ma’lumotlar Soliq qo‘mitasining axborot tizimiga kiritib boriladi;

▫️mazkur shartnomalar yuzasidan elektron hisobvaraq-fakturalar Soliq qo‘mitasining axborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlar asosida shakllantiriladi.

2024-yil 1-oktyabrgacha respublikada qo‘shimcha 2 ta gaz o‘lchash stansiyasi quriladi.