Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

XOTIN-QIZLAR VA BOLALAR HUQUQLARI QONUN HIMOYASIDA


Guliston shahar adliya boʻlimi tomonidan 11-son umumtaʼlim maktabi binosida maktabning yuqori sinf oʻquvchilari, shahar oila va xotin-qizlar boʻlimi  hamda IIB xodimlari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasining  OʻRQ-829-son “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish boʻyicha tadbir oʻtkazildi. Tadbirda Guliston shahar adliya boʻlimi boshligʻi S.Togʻayev maʼruza bilan ishtirok etdi.
Mazkur masala yuzasidan S.Togʻayev yigʻilish ishtirokchilari tomonidan berilgan savollar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berib oʻtdi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati