Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Xotin-qizlar va bolalar huquqlari hamda manfaatlari ishonchli himoyada


Mamlakatimizda so‘nggi yillarda xotin-qizlar huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi jarayonlar jadallashgani alohida ko‘zga tashlanadi. Bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar esa ayollar huquqlarini himoya qilish va ularning jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganini tasdiqlab turibdi.

Yaqinda yana bir muhim hujjat - O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni imzolandi.

Ushbu Qonun xotin-qizlar va bolalarga nisbatan shilqimlik hamda zo‘ravonlikning oldini olish, oilalardagi ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilashga xizmat qiladi.

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazining Sirdaryo viloyati hududiy bo‘limi, Adliya, Ichki ishlar, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalari hamda viloyat sudi bilan hamkorlikda Guliston davlat pedagogika institutida tashkil etilgan seminar mazkur Qonun mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadiga qaratildi.

Tadbirda so‘z olganlar mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir mustahkam huquqiy asos yaratilganligi, davlatimiz rahbari tomonidan xotin-qizlarni jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish dolzarb masalalardan biri bo‘lib kelayotganligiga alohida ahamiyat qaratishdi.

Ushbu Qonun bilan xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilishga oid bir qator muhim normalar kiritildi, turli xildagi zo‘ravonlik ko‘rinishlariga, shu jumladan, oiladagi zo‘ravonlikka qarshi ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari belgilandi. Seminarda ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Darhaqiqat, oilaviy zo‘ravonlikni hech qanday sharoitda oqlab bo‘lmaydi, chunki u insonning hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni, qadr-qimmati, erkinligiga daxl qiladi. Mazkur qonun fuqarolarni zo‘ravonlikning har qanday turlaridan himoya qiladi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati