Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Hokim yordamchilarining huquqiy savodxonligi oshirildi


Prezidentimiz tashabbusi bilan 2022-yil 1-yanvardan boshlab har bir mahallada “Hokim yordamchisi” lavozimi joriy etildi. Bundan ko‘zlangan maqsad mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va shu orqali kambag‘allikni qisqartirishdan iborat.


Hozirda Sirdaryo viloyatining 238 ta mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi faoliyat yuritmoqda. Ular mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni xonadonbay o‘rganish orqali ehtiyojmand va boquvchisini yo‘qotgan oilalar, ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlarni ishga joylashtirish, mahallada istiqomat qiluvchi aholining oilaviy tadbirkorligini rivojlantirishda baholi qudrat ko‘mak berib kelmoqda.


O‘z navbatida hokim yordamchilarining bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitish, huquqiy savodxonligini oshirish ham muhim vazifa. Ana shu maqsadda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Sirdaryo viloyati filialida hokim yordamchilari uchun 3 kunlik malaka oshirish kurslari tashkil etilib, belgilangan reja va dastur asosida o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda.


Dasturga muvofiq Adliya boshqarmasi mas’ul xodimi D.Umurzoqova tomonidan “Korrupsiya – jamiyat kushandasi” mavzusida seminar-trening tashkil etilib, hokim yordamchilarining huquqiy savodxonligi oshirilmoqda.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati