Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

"OBOD VA XAVFSIZ MAHALLA" TAMOYILI - AMALDA


Mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish va amalga oshirish nafaqat ichki ishlar organlarining, balki huquqni muhofaza qiluvchi barcha tashkilotlar faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan sanaladi.

Bu borada Ichki ishlar va adliya organlari hamkorligida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Ayniqsa, “Mahallabay” huquqiy targ‘ibot tadbirlarining olib borilayotgani jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda muhim omil bo‘lmoqda.


Tumandagi “Bunyodkor” mahallasi “qizil” hudud toifasiga kiritilgan. Mahallada xavfsiz muhitni yaratish, osoyishtalikni ta’minlash esa galdagi muhim vazifa.

Xovos tuman Adliya va Ichki ishlar bo‘limlari mas’ul xodimlarining aholi va yoshlar bilan muloqoti ayni maqsadni ko‘zlaydi.

Profilaktik suhbatlar jarayonida voyaga yetamaganlar va yoshlar orasida sodir etilayotgan jinoyatlarni kelib chiqish sabablari tahlil qilinib, huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati