Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya “Inson – jamiyat – davlat” tamoyiliga asoslanadi


Yangi tahrirdagi Konstitutsiya “Inson – jamiyat – davlat” tamoyiliga asoslangani, unda barcha aholi toifalarining, hatto jinoyat sodir etgan shaxslar huquq va manfaatlari aks etgani bilan ham ahamiyatlidir. Yana bir muhim jihatlaridan biri bosh qonunda O‘zbekiston – huquqiy davlat sifatida belgilandi. Bunda unda inson huquqlariga oid normalar 3 barobardan ortiqqa oshdi.

Shirin shahar adliya bo‘limi, Jinoyat ishlari bo‘yicha shahar sudi, Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudi, ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda Amir Temur mahallasida joylashgan musiqa va san’at maktabida tashkil etilgan tadbirda yangi tahrirdagi Konstitusiyaning mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi. Tadbirda dastlab adliya bo‘limi mas’ul xodimi B.Gʻaybullayevning mavzu yuzasidan ma’ruzasi tinglandi.

Ta’kidlanganidek, Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari kafolatlari sezilarli darajada kuchaytirildi. Xususan, o‘lim jazosi taqiqlandi. Bundan tashqari, hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga yoki qamoqqa olinishi, ushlab turilishi, qamoqda saqlanishi yoki uning ozodligi boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emasligi, hibsga yoki qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yilishi belgilandi.

Muloqotda huquqshunoslar tomonidan O‘zbekistonning Konstitutsiyaga kiritilayotgan shu kabi o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida batafsil ma’lumotlar berilib, ushbu normalar mamlakatimizda inson hayoti va qadri yuqori darajada himoya qilinishi uchun mustahkam asos ekanligi ta’kidlandi.

Tadbirda Adliya bo‘limi mas’ul xodimi B.Gʻaybullayev, JIB Shirin shahar sudi raisi M.Mirzoxidov, FIB tumanlararo sudi sudyasi O‘.Xurramov ishtirok etdi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati