Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Sportni sev, sport bilan yasha!


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF–6099-son “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash hamda  Adliya organlari tizimidagi xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan "Sportni sev, sport bilan yasha" shiori ostida spartakiada o'tkazildi.

Spartakiadada boshqarma va tuman (shahar) adliya bo‘limlarida faoliyat olib borayotgan yuzga yaqin xodimlar sportning shaxmat, shashka, kamondan o‘q otish, yengil atletika, stol tennisi, futbol turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi.

Aytish mumkinki, ushbu musobaqa xodimlarning jismoniy tayyorgarligi, kuch va imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishda keng imkoniyat bo'ldi. Eng muhimi, jamoaviy birdamlik, do'stona muhit va hamjihatlik uchun asos bo'ldi.

-  Bu galgi musobaqa har doimgidan ham shiddatliroq o'tdi. Sababi, g‘oliblar joriy yilnin iyun oyida “Olmos” konvension markazida o‘tkaziladigan Adliya spartakidasida ishtirok etib, boshqarma sharafini himoya qiladilar. Jarayon kuchlilarni saralash imkonini berdi, - deydi sport targ‘ibotchisi D.Burxonov.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati