Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Teatr - ibratxona


Teatr ibratxona. Bu yerda namoyish etiladigan har bir sahna asari tarbiyaviy ahamiyatga ega. Sahnada jonlangan hayot insonni mulohaza yuritishga, xatti-harakatlarini idora qilishga, yo‘l qo‘ygan xatolarini tahlil qilishga, ijobiy fazilatlarni shakllantirishga o‘rgatadi.


Qolaversa, teatr inson ma’naviyati, madaniyatini boyitadi, estetik zavq beradi. San’at ana shunday qudratli kuchga ega.


Adliya tizimida ham yaxshi an’ana yo‘lga qo‘yilgan. Xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, ularning ma’naviy hordiq olishi uchun sharoit yaratish maqsadida milliy vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi teatr, kino, muzey va konsertlarga tashriflar tashkil qilinmoqda.


Guliston shahar adliya bo‘limi xodimlari Sirdaryo viloyat drama tetri mehmoni bo‘lib, Nurullo Abbosxon qalamiga mansub “Inson o‘zing” spektaklini tomosha qilishdi.


Albatta, bu kabi tadbirlar jamoaviy birdamlik, ishchanlik kayfiyati va mehnat unumdorligini oshirishda xizmat qiladi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati