Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

"So'nggi qo'ng'iroq" sadolari yorug' manzillar sari chorlab tursin!


Boyovut tumanidagi 43-umumta’lim maktabida "Ilmni qadrlang, ilmga intiling” shiori ostida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Saloxiddin Sattarov ishtirok etib, Prezidentimizning umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchi yoshlariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi hamda ularga mustaqil hayotda omad tiladi.

Tadbir davomida umumta’lim maktabini namunali xulq va a’lo baholar bilan tamomlagan o‘quvchilarga Adliya boshqarmasining esdalik sovg‘alari topshirildi.

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri o‘quvchi yoshlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan yanada fayzli bo‘ldi.

Fursatdan foydalanib, 2022-2023 o‘quv yilini muvaffaqiyatli yakunlagan umumta’lim maktablari o‘qituvchilari va o‘quvchilariga, bitiruvchi yoshlarga omad va zafarlar tilaymiz. Qo‘ng‘iroq sadolari hamisha yorug‘ manzillar tomon chorlab tursin!

Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Axborot xizmati