Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Firibgarlik uchun qanday jazo belgilangan?


Firibgarlik – bu o‘zganing mulkini yoki mulkga bo‘lgan huquqini aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritishdir.

Firibgarlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.  Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs:

▫️BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha (16,5 mln so‘mdan 33 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;
▫️2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
▫️1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
▫️3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Shuningdek, firibgarlikning miqdori, takroriyligi, sodir etgan shaxslar, sodir etish vositasidan kelib chiqib javobgarlik chorasi og‘irlashishi mumkin.

Firibgarlik bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa:

▫️BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha (33 mln so‘mdan 99 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;
▫️3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
▫️3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
▫️3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Firibgarlik xizmat mavqeidan foydalangan holda yoki axborot tizimidan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa:

▫️ BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha (99 mln so‘mdan 132 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;
▫️ 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
▫️ muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Firibgarlik uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa:

▫️BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha (132 mln so‘mdan 198 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;
▫️ 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Еtkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.