Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi


Sirdaryo viloyati elektromagnit moslashuv xizmati xodimlarining huquqiy savodxonligini oshrirish maqsadida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda boshqarma mas'ul xodimi D.Umurzoqova ma'ruza bilan ishtirok etdi. Ta'kidlanganidek, korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarga barham berish masalasi davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. 2017-yilda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi yagona davlat siyosatining maqsadli va tizimli yoʻlga qoʻyilishi uchun huquqiy zamin yaratadi. Muloqotda mazkur Qonun mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.


Shuningdek, tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori mazmun-mohiyatiga ham atroflicha toʻxtalib oʻtildi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati