Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Adliya boshqarmasida "Oila kuni" tadbiri o‘tkazildi


Mamlakatimizda 15 may — Xalqaro oila kuni sifatida keng nishonlanadi. Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasida sana munosabati bilan  "Oila kuni" ("Family day") tadbiri tashkil etildi. Boshqarma xodimlarining oila a’zolari, farzandlari boshqarma binosiga jam bo‘lishdi.

Dastlab mehmonlar uchun boshqarma binosiga ekskursiya uyushtirildi. Bolajonlar ota-onalarining ish o‘rinlariga o‘tirib, “Adliya xodimi qanday ishlaydi, adliya xodimi bo‘lish uchun nima qilish kerak?” degan savollarga javob topdilar.

Tadbirda boshqarma boshlig‘i Salohiddin Sattarov so‘zga chiqib, bu kabi uchrashuv va muloqotlar oilalar mustahkamligini ta’minlash, xodimlar va ularning oilasi bilan yaqindan tanishish orqali jamoada sog‘lom ijtimoiy-ma’naviyatni qaror toptirish, qolaversa, bolajonlarni ota-onalarining ish joyi bilan yaqindan tanishtirish, ular qalbida ota-onasi bilan faxrlanish hissini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi.

Tadbir bolajonlar uchun tuhfalarga boy bo‘ldi. Ertak qahramonlarining ishtiroki olam-olam quvonch ulashgan bo‘lsa, Guliston shahar 6-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilarining konsert dasturi o‘zgacha zavq-shavq bag‘ishladi.

Bayram turli interaktiv o‘yinlar, intellektual viktorinalar bilan yanada boy mazmun kasb etdi. Viktorina g‘oliblariga boshqarmaning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shu kuni bolajonlar tort va shirinliklar bilan siylandilar.

Bir so‘z bilan aytganda, ushbu tadbir barchada olam-olam taassurotlar qoldirdi.



Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Axborot xizmati