Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Mehnat kodeksi inson qadri uchun xizmat qiladi


Guliston tuman hokimligida yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida hududdagi tashkilot, muassasa hamda korxonalarning xodimlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislari uchun seminar tashkil qilindi.

Unda tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti Xamid Axmedov "Mehnat shartnomasini bekor qilishning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida ma’ruza qildi.


Ta'kidlanganidek, endilikda xodimlarni pensiya yoshiga to‘lganligi munosabati bilan ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, ishga tiklash to‘g‘risidagi da’vo muddati bir oydan uch oyga uzaytirildi.


Yangi tahrirdagi kodeksda fuqarolarni mehnat faoliyatiga jalb qilishning turli shakllari hisobga olinganligi, ish beruvchilarga, xususan, qo‘shimcha ishchilarni ishga jalb qilishning sodda va moslashuvchan shakllarini tanlashga imkon beruvchi moslashuvchan ish rejimlarini keng qo‘llash uchun huquqiy asoslar yaratilganligi tadbir davomida alohida qayd etildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga  javoblar berildi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati