Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

"Hokimlik soati" - huquqiy savodxonlik soati


Boyovut tuman hokimligida o‘tkazilgan “Hokimlik soati”da hafta davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olinishi bilan bir qatorda, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining huquqiy savodxonligini oshirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.


Tadbirda tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Otabek Xolmatov tomonidan yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirildi. Jummladan, Ma’muriy jarimalarni to‘lashda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratilishi munosabati bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish kiritish bo‘yicha Qonun, “2023 yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni, “Milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish tartibini soddalashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi.

Muloqotda huquqbuzarliklar profilaktikasi, xorijda ishlashning qonuniy asoslari, odam savdosi oqibatlari haqida ham to'xtalib o'tildi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati