Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Huquqbuzarliklar profilaktikasi - amalda


Jinoyatchilik - jamiyat uchun xavfli xatti-harakat. Huquqbuzarliklar profilaktikasi esa jinoyatchilikning oldini olishda eng maqbul yo‘ldir.  

Adliya va ichki ishlar organlari hamkorligida "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida profilaktik tadbirlarning olib borilayotgani, aholi, xususan yoshlar bilan yuzma-yuz muloqotlar tashkil etilayotgani jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi ishlar samaradorligini oshirib, turli ko‘ngilsiz voqealarning oldini olishda muhim omil bo‘lmoqda.


Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan shahar ichki ishlar bo‘limi, oila va xtin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda 1-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbiri ayni maqsadlar uchun xizmat qildi.

Tadbirda dastlab, yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning ta'lim olishi, iqtidor va iste'dodini namoyon qilishi uchun mamlakatimizda yaratilgan shart-sharoitlar haqida to'xtalib o'tildi.


Shuningdek, uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-829-son “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi  Qonuni mazmun-mohiyati tushuntirildi.  

Tadbir mobaynida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinyatchilikka qarshi kurashishga qaratilgan bir qator qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati haqida ham ma’lumotlar berilib, har qanday jinoyat uchun jazo muqarrarligi hayotiy misollar orqali aytib o'tildi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati