Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Shartnoma majburiyatlarini bajarmagan korxona asosiy qarz va penya to'laydigan bo'ldi


Yangiyer shahar adliya bo‘limi tomonidan Yangiyer shahrida faoliyat yurituvchi “Yangiyer-quruvchi professional futbol klub” MCHJ rahbari Y.Mamatqulovning murojati o‘rganilib chiqildi.

Aniqlanishicha “Yangiyer-quruvchi professional futbol klub” MCHJ va Oqoltin tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi o‘rtasida 2019-yil 11-iyuda mahsulot yetkazib berish yuzasidan shartnoma tuzilgan.

Shartnomaga ko‘ra, “Yangiyer-quruvchi professional futbol klub” MCHJ Oqoltin tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasiga asfalt beton mahsulotlari yetkazib berish majburiyatini olgan.

Shartnomalar qiymati 2 688 420 252 so‘mni tashkil etib, “Yangiyer-quruvchi professional futbol klub”  MCHJ tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilib, Oqoltin tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasiga jami 769 028 601 so‘mlik asfalt beton mahsulotlari yetkazib berilgan.

Biroq, Oqoltin tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan shartnomaviy majburiyatlar lozim darajada bajarilmasdan,qisman 440 000 000 so‘m pul mablag‘i to‘lab beriilgan xolos, qolgan 329 028 601 so‘mlik olingan mahsulotlar uchun to‘lov amalga oshirilmagan.

O‘rganish davomida ushbu qarzdorlik mavjud shartnomalar, hisob-varaq faktura, yuk xatlari, to‘lob xarajatlari bilan oz tasdig‘ini topdi.  

Fuqarolik kodeksining 236-moddasiga asosan majburiyatlar majburiyat shartlariga va qonun hujjatlari talablariga muvofiq, bunday shartlar va talablar bo‘lmaganida esa - ish muomalasi odatlariga yoki odatda qo‘yiladigan boshqa talablarga muvofiq lozim darajada bajarilishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi qonunining 32-moddasi ikkinchi qismiga ko‘ra, yetkazib berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun sotib oluvchi (buyurtmachi) yetkazib beruvchiga o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan to‘lov summasining 0,4 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan to‘lov summasining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorida penya to‘laydi.

Yuqoridagilarga asosan Yangiyer shahar adliya bo‘limi tomonidan tadbirkor manfaatida Oqoltin tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritildi.

To‘plangan hujjatlar asosida ish xolisona ko‘rib chiqilib, adliya bo‘limining da’vo arizasi qanoatlantirildi.

Sudning hal qiluv qarori bilan Oqoltin tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi hisobidan “Yangiyer-quruvchi professional futbol klub” mas’uliyati cheklangan jamiyati foydasiga 329 028 601 so‘m asosiy qarz, 23 500 000 so‘m penya undiriladigan bo‘ldi.  Bundan tashqari, Respublika byudjetiga 9 870 858 so‘m davlat boji to‘lanishi ham belgilandi.



Laziz Xudoyqulov,

Yangiyer shahar adliya bo‘limi boshlig‘i