Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Xotin-qizlar va bolalar huquqlari qonun bilan himoya qilinadi


Sir emaski, bugungi kunda xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan bog‘liq masalalarda bir qator muammolar mavjud. Xususan, xotin-qizlar va bolalarning huquqlariga daxl qiluvchi jinoiy qilmishlar uchun mutanosib sanksiyalar belgilanmaganligi, xotin-qizlarni shilqimlik va zo‘ravonlikdan himoya qilishning huquqiy kafolatlari mavjud emasligi eng asosiy muammo sifatida insoniyatni tashvishga solib kelayotgan edi.


O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan o‘zbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va manfaatlarini ishonchli himoya qilishda mustahkam huquqiy asos bo‘ldi.


Sirdaryo viloyat davlat arxivida tashkil etilgan huquqiy targ‘ibot tadbirida mazkur-Qonun mazmun-mohiyati va ahamiyati xususida so‘z bordi. Unda adliya boshqarmasi mas’ul xodimi D.Umurzoqova, Guliston shahar FHDY mudirasi G.Rasulova ma’ruza bilan ishtirok etdi.


   Tadbir avvalida mavzuga doir videorolik namoyish qilindi. Shundan so'ng Qonun-mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi. Xotin-qizlarga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonlik hamda uyatsiz-buzuq harakatlar,  jamoat joylarida shaxsga shilqimlik qilganlik uchun belgilangan javobgarlik choralari haqida alohida to'xtalib o'tildi.


       Mamlakatimizda 15-may- Xalqaro oila kuni sifatida keng nishonlanadi. Uchrashuv davomida “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” mavzusida ham suhbatlashildi.


   Muloqotda oila qo‘rg‘oninig poydevori mustahkam bo‘lishi uchun oilaviy qadriyatlarning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati