Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Mehnatga oid munosabatlar tartibga solinadi


Yangi Mehnat kodeksi xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarining muvozanatini ta’minlash hamda ularni muvofiqlashtirish asosida yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.

Prezident tomonidan 2022-yil 28-oktabrda imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonun 30-apreldan kuchga kirdi. Yangi kodeksda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari belgilandi. Sirdaryo tuman yuridik xizmat ko’rsatish markazi tomonidan Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida Yangi tahrirdagi mehnat kodeksining mazmun-mohiyati xususida so‘z bordi. Muloqotda mehnat qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida yangi qabul qilingan bir qator qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasining «Ma’muriy jarimalarni to‘lashda aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 332-1-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida»gi qonunlar mazmun-mohiyati ishtirokchilar e’tiboriga yetkazildi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati