Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Sessiyada Guliston shahar adliya bo‘limi boshlig‘i axborot berdi


Xalq deputatlari Guliston shahar kengashining navbatdagi yetmish oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada Guliston shahar adliya boʻlimi boshligʻi S.Togʻayevning norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha 2023-yil I choragi davomida bo‘lim tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti tinglandi.


Ta'kidlanganidek, hisobot davrida Guliston shahar adliya boʻlimiga jami 645 ta xat va hujjatlar kelib tushgan boʻlib, shulardan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari 81 tani tashkil qiladi.


Sessiyada mazkur murojaatlar asosida fuqarolarga jami 1 mln 143 ming soʻm pul mablagʻlari taqdimnomalar asosida undirib berilishi taʼminlanganligi, hisobot davrida 10 ta idorada oʻrganishlar oʻtkazilib, 990 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanganligini, bu borada qo'llanilgan ta'sir choralari haqida alohida to'xtalib o'tildi.

Shuningdek, tadbirda aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan ishlar yuzasidan ham batafsil ma'lumotlar berildi.


Sessiya kun tartibidan o'rin olgan masala yuzasidan deputatlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi hamda tegishli qaror qabul qilindi.

Sessiyada Xalq deputatlari Guliston shahar kengashi deputatlari, tuman sektor rahbarlari, tegishli tashkilot rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati