Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Korrupsiyaga qarshi birga birgalikda kurashamiz


Korrupsiya demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlarining qo‘pol ravishda buzilishiga olib keladi, iqtisodiy rivojlanishni izdan chiqaradi, jamiyat va davlat uchun o‘ta xavfli bo‘lgan uyushgan jinoyatchilik va terrorizmning keng yoyilishiga sharoit yaratib beradi.


Bugungi kunda korrupsiya illati dunyo hamjamiyatini tashvishga solib kelmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi tomonidan aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida hududlar, sohalar va davlat organlari kesimida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

“Korrupsiyaga qarshi birga birgalikda kurashamiz” mavzusida navbatdagi o‘quv-seminar Boyovut tuman hokimligida tashkil etildi.


Tadbirni “Yuksalish” umummilliy harakati Sirdaryo viloyat bo‘limi rahbari Dilshunos Abdullayeva boshqarib bordi.


Tadbirda dastlab korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati yuzasidan Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Dilnoz Umurzoqova, Bojxona boshqarmasi bosh yuriskonsulti Orzimurod Shamsiyevlarning ma’ruzasi tinglandi.


Shundan so‘ng korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan Sirdaryo viloyat hokimligi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat sho‘basi mudiri Subanjon Xodjiyev o‘z fikr-mulohalarini bildirdi.


Muloqotda poraxo‘rlik, korrupsiya davlatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizimiga putur yetkazib, xalqimizning davlat idoralariga nisbatan ishonchini susaytirishi alohida ta’kidlandi hamda korrupsiyaning huquqiy oqibatlari tushuntirildi.



Seminar qizg‘in-bahs munozaralarga boy bo‘ldi, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati