Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Adliya aralashuvi bilan xodimlarga moddiy yordam pullari to'lab beriladigan bo'ldi


Sirdaryo tuman adliya bo'limiga Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Sirdaryo tumani bo‘limi xodimi M.Sodiqov hamda boshqa xodimlar tomonidan murojaat kelib tushdi.

Inspeksiya xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 575-son qarori bilan tasdiqlangan "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom"ga asosan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sotib olish uchun yilda bir marotaba bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida moddiy yordam toʻlovlari toʻlab berilmaganidan norozi.

Mazkur murojaat adliya bo‘limi tomonidan ish yurituvga qabul qilinib, o‘rganildi.

O‘rganish davomida murojaatda bayon etilgan e’tirozlar isbotini topdi.

Yuqoridagilarga asosan Sirdaryo tumani adliya bo'limi tomonidan xodimlar manfaatida Fuqarolik ishlari bo'yicha Sirdaryo tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi.

Adliya bo‘limining ushbu da’vo arizasi qanoatlantirilib, Sud buyrug‘i bilan Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tuman bo‘limining 17 nafar xodimlariga 60 million so'm moddiy yordam pullarini undirib beriladigan bo‘ldi.



Kamoliddin Ernazarov,

Sirdaryo tuman adliya bo‘limi boshlig‘i