Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

XOTIN-QIZLAR VA BOLALAR HUQUQLARI QONUN HIMOYASIDA


Guliston shahar adliya boʻlimi tomonidan 2023-yil 2-may kuni Guliston shahar 4-son oilaviy poliklinikasida Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-829-son “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni mazmun-mohiyatini  tushuntirish maqsadida targ'ibot tadbiri oʻtkazildi.

Unda Guliston shahar adliya boʻlimi boshligʻi S.Togʻayev, IIB boshligʻi oʻrinbosari L.Boboyev, shahar oila va xotin-qizlar boʻlimi masʼul xodimi M.Narbayevalar tomonidan mazkur Qonun boʻyicha oʻz fikr- mulohazalarini bayon qilishdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilari tomonidan berilgan savollar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.