Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Ekologiya sohasidagi xodimlarning manfaatlari himoya qilindi


Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 12-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazildi.

Monitoring jarayonida, Tabiat resusrlari vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan 2020-2022-yillar mobaynida 65 nafar xodimga 241 600 808,7 so‘m miqdoridagi qo‘shimcha ustama pullari to‘lab berilmaganligi aniqlandi.

Vaholanki, Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 7-bandida budjet tashkilotlari xodimlariga mehnat to‘g‘risidagi qonunlarga muvofiq ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida uzoq muddat ishlaganlik uchun lavozim maoshiga foiz miqdorida har chorakda belgilangan miqdorlarda ustamalar to‘lanishi belgilangan.

Shuningdek, Mehnat kodeksining 154-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi moliyaviy ahvolidan qat’iy nazar xodimga bajargan ish uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq to‘lashga majburligi hamda ushbu Kodeksning 161-moddasida ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lashi shartligi belgilangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, ushbu qonunbuzilishni bartaraf etish yuzasidan Tabiat resusrlari vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasiga taqdimnoma kiritildi.

Adliya aralashuvi bilan xodimlarning Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida uzoq muddat ishlaganlik uchun lavozim maoshiga foiz miqdorida har chorakda oylik ustama pullari to‘lab berilishi ta'minlandi.

O‘z vazifasiga mas’uliyatsizlik va sovuqqonlik bilan yondashganligi oqibatida ushbu normativ-huquqiy hujjat talablari hamda xodimlarning huquq va manfaatlari buzilishiga yo‘l qo‘ygan boshqarma mas’ul xodimiga nisbatan xayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.


To'lqin Turdibekov,

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish sho'basi  bosh maslahatchisi