Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Fuqarolarning iqtisodiy huquqlari kafolatlari kuchaytiriladi


Yangilanayotgan konstitutsiyamizda fuqarolarning iqtisodiy huquqlari kafolatlarini kuchaytirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Xususan konstitutsiyaning 41-moddasi bilan nafaqat bank omonatlari, balki bank amaliyotlari va hisobvaraqlarning ham sir tutilishi kafolatlanmoqda.


Shuningdek, Konstitutsiyaning 150-moddasida milliy valyuta – so‘mning konstitusiyaviy maqomini, 151-moddasida Markaziy bank maqomini mustahkamlovchi normalar belgilanmoqda. Sanoat qurilish bank Sirdaryo viloyat filialida tashkil etilgan manzilli targ‘ibot tadbirida konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati, mazmun-mohiyati xususida so‘z bordi.


Tadbirda adliya boshqarmasi mas’ul xodimi D.Umurzoqova, Guliston shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.Boyirov ishtirok etib, konstitutsiyamizga kiritilishi taklif etilayotgan modda va qo‘shilayotgan yangi normalar haqida keng ma’lumotlar berishdi. Ta’kidlanganidek, davlat shaxsning o‘z shaxsiy hayotiga aralashuvdan himoya qilinishini, ma’lumotlarning yaxlitligini va but saqlanishini, maxfiyligiga rioya etilishini, qonunga xilof ravishda ishlov berilishining oldi olinishini ta’minlashi lozim.  


Tadbirda konstitutsiyaga kiritilayotgan yangi normalar mamlakatimizda faol tadbirkorlik faoliyati uchun konstitusion darajada mustahkam zamin yaratishi, tadbirkor va ishbilarmonlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilishi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirib, mavzu doirasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati