Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Jinoyatlarning barvaqt oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish - dolzarb vazifa


Mamlakatimizda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha aniq mexanizm yaratilgan. Shu bois har bir hududda mahallabay tizimda ish yuritilayapti, barcha profilaktik tadbirlar esa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida o‘tkazilmoqda.

Mirzaobod tuman adliya bo‘limi tomonidan ham bu borada aniq manzilli chora-tadbirlar belgilab olingan.


"Do'ngariq" mahallasida aholi soni 4589 nafarni tashkil etadi. Hudud kriminogen vaziyat tahlili bo'yicha "sariq" hudud toifasiga kiritilgan.


Yaqinda mazkur mahallada targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Aholi bilan muloqot davomida mahallada ijtimoiy muhitni barqarorlashtirish, har bir oilada farzand tarbiyasiga alohida e'tibor qaratish, ishsizlikka qarshi kurashish, tomorqadan unumli foydalangan holda oilaviy daromadni oshrish masalalarida fikr almashildi, "Mening mahallamda jinoyat sodir bo'lmasligi kerak" tamoyili har bir fuqaroning shioriga aylanishi alohida ta'kidlandi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati