Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Avval inson, keyin jamiyat va davlat


Yangilanayotgan Konstitusiyada jamiyatning barcha qatlamlari manfaatlari inobatga olingani Yangi O‘zbekistonni qurish g‘oyasi atrofida butun jamiyat jipslashgani, Bosh Qomusimiz tom ma’noda xalq Konstitutsiyasi bo‘layotganidan dalolat beradi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida  "O'zbekiston milliy metrologiya instituti" davlat muassasasi Sirdaryo filiali xodimlari uchun tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi mazmun-mohiyati xususida so‘z bordi.



Ta’kidlanganidek, yangilanayotgan Konstitutsiya bugun xalqimiz diqqat e’tiborida.  Konstitusiyaviy islohot Yangi O‘zbekistonda o‘zaro munosabatlarning asosi sifatida “davlat-jamiyat-inson” tamoyili o‘rniga “inson-jamiyat-davlat” g‘oyasini asos qilib qo‘yishga qaratilgan. Muloqotda Konstitutsiya loyihasidagi moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni 275 tadan 434 taga oshganligi, ya’ni, Asosiy qonunimiz matni qariyb 65 foizga ortib, xalqimiz takliflari asosida yangilangani alohida qayd etildi.



Darhaqiqat, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilishi taklif etilayotgan normalarning yarmidan ko‘pida insonning huquq va erkinliklarini himoya qilishning kafolatlarini kuchaytirish va mexanizmlarini mustahkamlash maqsadi mujassam.


Tadbirda yangilanayotgan Konstitusiyaning aholi farorvonligi hamda yurt taraqqiyotini ta’minlashdagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirilib, ishtirokchilarning referendum qonunchiligiga oid huquqiy savodxonligi oshirildi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati