Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Biz birgamiz: Ramazon hayiti arafasida mehr ulashib


Xayr-saxovat, mehr-oqibat, silai-rahm doimo insonga ziynat bo‘lib kelgan. Muborak Ramazon hayiti arafasida xalqimizga xos ushbu fazilatlar yanada bo‘y ko‘rsatdi.

Ulug‘ ayyom kunlarida “Biz birgamiz” loyihasi doirasida Adliya vazirligi, Shodiyev xalqaro fondi hamda “Madad” NNT tomonidan amalga oshirilgan xayrli tashabbus Sirdaryoda ham keng quloch yoydi.

Bugun viloyatda istiqomat qilayotgan 200 nafardan ziyod yordamga muhtoj, nogironligi bor bo‘lgan, shuningdek ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena vositalaridan iborat xayriya to‘plamlari tarqatildi.

Darhaqiqat, muhtojlarga xayr-saxovat qilish insonlar o‘rtasida mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkam bog‘lanishiga, o‘zaro hurmat va totuvlik hislarini ortishiga, jamiyat ravnaqi uchun olib borilayotgan ishlarning rivoj topishiga xizmat qiladi. Zotan mehr-muruvvat va saxovat inson qalbiga yo`l ochadi. Bu esa insoniylikning yuksak ko‘rinishidir.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati