Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Sirdaryo viloyati axborot-kutubxona markazida huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi


Sirdaryo viloyati axborot-kutubxona markazida huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi


Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyati axborot-kutubxona markazida “1 mart-Butunjahon fuqaro muhofazasi kuni” hamda “2 mart – O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ga a’zo bo‘lgan kun” munosabati bilan markaz xodimlari va foydalanuvchilarining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida huquqiy savodxonlik darslari tashkil etildi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti xalqaro tashkilot hisoblanadi. BMT davlatlarning o‘z sarhadlaridan tashqariga chiqadigan masalalarni hal etib kelmoqdaki, bu muammolarga birorta mamlakatning yolg‘iz o‘zi yechim topishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi 1992-yilda Tashkilotning teng huquqli a’zosiga aylandi.

Muloqotda adliya boshqarmasi mas’ul xodimi D.Umurzoqova davlatimizning jahondagi yirik xalqaro tashkilot bilan munosabatlari, ko‘p qirrali hamkorlik masalalari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Shundan so‘ng viloyat Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Davronbek Sulaymonov tomonidan tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalari yuzasidan keng ma’lumotlar berildi. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy ofatlarning oldini olish, rahbariyat va xodimlarni bunday vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish, ularning hayotiga va salomatligiga xavf soluvchi avariya holatlarining oldini olish bo‘yicha tushunchalar berib o‘tildi.

Shuningdek, tadbirda konstitutsiyaviy islohotlar, referendum qonunchiligi haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

Tadbir markaz xodimlari va kitobxon yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati