Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

ADLIYA BOSHQARMASIDA HASHAR QIZG'IN


ADLIYA BOSHQARMASIDA HASHAR QIZG'IN


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga asosan bugun respublika bo'ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida ham erta tongdan hashar ishlari boshlab yuborildi.

Ko‘chalar supurilib, yo‘l yoqalari tartibga keltirildi, yerlar yumshatilib, ko'chatlar ekildi, gul urug‘lari sepildi, daraxtlarga shakl berildi.

Navro'z umumxalq bayrami arafasida o‘tkazilgan bugungi hasharda Adliya xodimlari ham faol ishtirok etdi, - deydi boshqarma boshlig‘i o'rinbosari B.Nazarov. Uyushqoqlik bilan jamoa bo‘lib qilinadigan yumushlarga har kim o‘z hissasini qo‘shishga intildi.

Darhaqiqat, obod, saranjom-sarishtali joyda baraka bo‘ladi. Pokizalik va ozodalik qalblarga nur ulashib, inson ruhiyatini ko‘taradi. Bugun Adliya boshqarmasida ana shunday kayfiyat hukmron.  



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati