Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

“Adliya kitobxonlar klubi” tashkil etildi


“Adliya kitobxonlar klubi” tashkil etildi

Adliya boshqarmasida “Adliya kitobxonlar klubi” tashkil etildi.

Bundan ko‘zlangan maqsad boshqarma va uning tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarining kitobxonlik madaniyatini, fikrlash va dunyoqarashini yanada rivojlantirish, ularni ishdan boʻsh vaqtlarida mumtoz asarlarimiz, oʻzbek va dunyo yozuvchilarining boy adabiy merosidan bahramand boʻlishlarini taʼminlashdan iborat.

Klub o‘z oldiga qanday vazifalar qo‘ydi, faoliyatdan kutilayotgan natijalar qanday? Tadbir avvalida ana shu masalaga alohida urg‘u berildi.

Kitob - nur, kitob - ziyo. Mutolaa zavqi inson ruhiyatiga sokinlik bag‘ishlaydi, dunyoqarashini kengaytiradi. Shu bois klub a’zolari tomonidan badiiy asarlar mutolaasiga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlanib, kelgusi tadbirlarda adabiyotshunoslar, shoir va yozuvchilar ishtirokini ham ta’minlash yuzasidan takliflar ilgari surildi.

Klub a’zolari ishtirokidagi dastlabki tadbir taassurotlarga boy bo‘ldi. Tadbirda Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” asari o‘rganildi.

Bir so‘z bilan aytganda, bu kabi tadbirlar kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bilan bir qatorda xodimlarning ma’naviyati va salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati