Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Asosiy qonunimizni bugungi hayot talablariga mos holda yangilash - davr talabi


Asosiy qonunimizni bugungi hayot talablariga mos holda yangilash - davr talabi


Konstitutsiya - inson huquq va erkinliklarining kafolati. Bosh Qomusimiz bugungi davr talabiga mos bo‘lsagina, u shiddat bilan olib borilayotgan islohotlarimizning mustahkam huquqiy asosi bo‘lib xizmat qila oladi. Aynan shuning uchun ham yurtimizda Konstitutsiyaviy islohotlar olib borilyapti.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Markaziy bank bosh boshqarmasi xodimlari uchun tashkil etilgan seminarda dastlab “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi mazmun-mohiyati xususida so‘z bordi.

Ta’kidlanganidek, asosiy qonunimizni bugungi hayot talablariga mos holda yangilash -  davr talabi. Ana shu ma'noda loyihada insonning qadr-qimmati, sha’ni va g‘ururi ustunlik kasb etadi, islohotlar zamirida inson qadrini ulug‘lashni nazarda tutuvchi me’yorlar o‘z ifodasini topgan. Tadbirda aholi farovonligi hamda jamiyat va davlat taraqqiyotini ta’minlashda konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati, konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Darhaqiqat, Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi — xalqdir. Ushbu tamoyilga asosan konstitusiyaviy islohot fuqarolarimiz fikri va qo‘llab-quvvatlashi asosida referendum orqali amalga oshiriladi.

Seminarda referendum qonunchiligi haqida ham keng ma’lumotlar berilib, referendumni tashkil etish va o‘tkazish hamda ovoz berish tartiblari tushuntirildi.

Yakunda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga tеgishli javoblar berildi.



Sirdaryo viloyat adiya boshqarmasi Axborot xizmati