Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Sayyor qabulda aholi muammolari o'rganildi


Sayyor qabulda aholi muammolari o'rganildi


Guliston shahar “Doʻstlik” mahallasida Guliston shahar adliya boʻlimi hamda Inson huquqlari boʻyicha Sirdaryo viloyat hududiy vakili bilan hamkorlikda sayyor qabul  o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda xalq bilan muloqot qilindi, ularning muammolari oʻrganildi. Jarayonda Guliston shahar adliya boʻlimi, yuridik xizmat koʻrsatish markazi, shahar bandlikka koʻmaklashish boʻlimi, shahar pensiya jamgʻarmasi, tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan aholiga tegishli huquqiy maslahatlar berildi.

Sayyor qabulda subsidiya olish, uy-joy, moddiy yordam, ishga joylashish, taʼlim sohasidagi masalalar, uy-joyni xususiylashtirish, mehnatga doir nizolar, tadbirkorlik faoliyati va boshqa masalalarda 25 ta murojaatlar kelib tushdi, shundan, 13 ta murojaat joyida oʻz yechimini topdi va ularga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, oʻrganish muddat talab qiladigan 12 ta murojaat ish yurituvga qabul qilib olindi.

Shuningdek, sayyor qabulda davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan aholiga 10 dan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati