Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Yangilanayotgan Konstitutsiya - yurtimiz va xalqimizning farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos bo‘ladi


Yangilanayotgan Konstitutsiya - yurtimiz va xalqimizning farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos bo‘ladi


Ma’lumki, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Qonun umumxalq referendumida ovozga qo‘yiladi. Referendum joriy yilning 30-aprel kuni bo'lib o'tishi belgilangan.

Mazkur siyosiy tadbirni yuksak saviyada o‘tkazish fuqarolarimizning faolligi va fuqarolik burchini chuqur anglashi hamda siyosiy yetukligini namoyon etishiga bog‘liqdir.


Shu bois joylarda targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad aholining referendum qonunchiligiga oid huquqiy savodxonligini oshirishdan iboratdir.  

Sirdayo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan "Agrobank" ATB Sirdaryo viloyat boshqarmasida tashkil etilgan tadbirda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi muhokamalar markazida bo‘ldi.


Tadbirda referendum qonunchiligi mazmun-mohiyati batafsil tushuntirilib, ushbu jarayonda har bir fuqaroning shaxsan o‘zi ishtirok etishi, bu orqali o‘z siyosiy irodasini namoyon qilishi muhim ekanligi ta’kidlandi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar berildi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati