Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Korrupsiyaga qarshi murosasiz bo'lish - bugungi kun talabi


Korrupsiyaga qarshi murosasiz bo'lish - bugungi kun talabi


Korrupsiya – taraqqiyotga g‘ov. Sayxunobod tuman tibbiyot birlashmasida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida mavzu muhokamalar markazida bo‘ldi. Tadbirda Sayxunobod tuman adliya bo‘limi boshlig‘i B.Nazarov, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i T.Fayziyev ma’ruza bilan ishtirok etdi.  

Ta’kidlanganidek, korrupsiya mansabdor shaxslar o‘zlariga berilgan huquqlar va hokimiyat vakolatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyatdir.

Tadbir avvalida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi. Ayrim fuqarolar o‘z haq-huquqlarini yaxshi bilmasliklari tufayli ta’magirlik, poraxo‘rlik, korrupsiya holatlari yuzaga kelayotgani, afsuski korrupsion halatlar tibbiyot sohasida ham uchrab turgani, bu borada har bir xodimdan temir intizom talab etilishi, buning uchun soha xodimlarining mas’uliyatini yanada oshirish lozimligi muloqotda ta’kidlandi.

Chindan ham, bugun tibbiyot sohasiga e’tibor qaratilib, sohani raqamlashtirish ko‘lami kengaymoqda. Bu o‘z-o‘zidan tibbiy xizmat sifatini yangi bosqichga olib chiqishi shubhasiz.

Shuningdek, tadbir davomida konstitusiyaviy islohotlar, referendum qonunchiligi haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Yakunda ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati