Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Kontrafakt mahsulot inson hayoti va sog‘lig‘iga, davlat rivoji va tinchligiga jiddiy xavf soladi


Kontrafakt mahsulot inson hayoti va sog‘lig‘iga, davlat rivoji va tinchligiga jiddiy xavf soladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi “Intellektual mulk ob’yektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4965-son qaroriga asosan respublika bo‘ylab har yili bir marta 15-fevraldan 15-martga qadar kontrafakt mahsulotlar realizasiyasiga qarshi real samarali kurashishni ko‘zda tutuvchi hamda targ‘ibot-tashviqot ruhi bilan sug‘orilgan “Kontrafaktsiz oy” oyligini o‘tkazish belgilangan.

Ushbu oylik doirasida Xovos tuman adliya bo'limi tomonidan Xovos tumanida joylashgan kasb-hunar kollejida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

O'quvchi yoshlar bilan uchrashuv ochiq muloqot, savol-javob tarzida esda qolarli bo‘ldi. Boisi, tanlangan mavzu dolzarb va hayotiy, har birimiz iste’molchi va xaridor.

Tadbirda Xovos tuman adliya bo'limi bosh maslahatchisi S.Qo'ziyev kontrafakt mahsulotlarning inson hayoti va sog‘lig‘iga, davlat rivoji va tinchligiga, farovonligiga jiddiy xavf solishi haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Darhaqiqat, kontrafakt va xufiya import iqtisodiy xavfsizlikka zarar yetkazadi, bozorning insofli ishtirokchilariga bevosita zarar olib keladi, iste’molchilarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soladi. Kontrafaksiya, ya’ni boshqaning qonuniy brendidan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarish javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Tadbir mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, uchrashuvda konstitutsiyaviy islohotlar, referendum qonunchiligi mazmun-mohiyati haqida batafsil ma'lumotlar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati