Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

"Adliya va yoshlar" - ochiq muloqot minbari


"Adliya va yoshlar" - ochiq muloqot minbari


Mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom, barkamol avlodni voyaga yetkazish, ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ana shu ma’noda yoshlarga oid davlat siyosatini yosh avlodga tushuntirish maqsadida adliya organlari tomonidan joylarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.


Adliya va yoshlar. Sardoba tuman adliya bo‘limi tomonidan 12-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan ushbu tadbir mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar mazmun-mohiyatini tushuntirish barobarida o‘quvchi-yoshlar bilan ochiq muloqot qilish, ularning orzu-istaklari, muammo va takliflarini o‘rganish imkonini berdi.


Muloqot mobaynida yuridik kadrlarni tayyorlash borasidagi islohotlar, huquqshunos kadrlarga qo‘yiladigan talablar, xususan, ular qanday mezonlarga javob berishi kerakligi borasida fikr-mulohazalar bildirildi.


Shuningdek, tadbirda huquqbuzarliklar profilaktikasi, odam savdosi va korrupsiya kabi jinoyatlarning inson hayotiga xavfi, uning salbiy oqibatlari hayotiy misollar asosida tushuntirildi.

Uchrashuvda konstitutsiyaviy islohotlar, referendum qonunchiligi mazmun-mohiyati haqida ham batafsil ma'lumotlar berildi.

Tadbirda tuman adliya bo‘limi boshlig‘i I.Yunusov, Sardoba tuman IIB JXX XPB VEMB katta inspektor psixologi, podpolkovnik D.Yuldoshev ishtirok etdi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati