Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

PRAVANGIZNI BAYRAM KUNLARI HAM OLISHINGIZ MUMKIN!


#Adliyadan_qulaylik

PRAVANGIZNI BAYRAM KUNLARI HAM OLISHINGIZ MUMKIN!

Xabaringiz bor, 2010-yilgacha olingan eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari joriy yilning 31-martiga qadar amal qiladi. Almashtirish uchun sanoqli kunlar qoldi, oldinda esa bayram va dam olish kunlari...

Xavotirga oʻrin yoʻq! Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida Guliston  shahar davlat xizmatlari markazida joriy yilning 18-19-20 hamda 22-mart kunlari faqat haydovchilik guvohnomasini almashtirish xizmati koʻrsatiladi.

‼️Eslatma:

???? Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha:

2010 yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2023 yil 31 martgacha;
2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 iyungacha;
2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 sentyabrgacha;
2015 yildan keyin berilganlari – 2023 yil 31 dekabrgacha.