Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Inson huquqlari - oliy qadriyat


Inson huquqlari - oliy qadriyat

Inson huquqlari - oliy qadriyat. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Sirdaryo viloyati boshqarmasida tashkil etilgan tadbir shunday nomlandi.

Unda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi T.Turdibekov hamda Guliston shahar adliya boʻlimi boshlig'i S.Tog'ayev ma'ruza bilan ishtirok etdi.

Tadbirda “Oʻzbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi milliy taʼlim dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-46-son qarori va  u asosida qabul qilingan milliy dastur, yoʻl xaritasi, nizomning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.


Ma'lumki, yurtimizda 15-fevraldan 15-martga qadar "Kontrafaktsiz oy" oyligi o'tkazilmoqda. Uchrashuv mobaynida dolzarb muammolardan biri hisoblangan mualliflik va turdosh huquqlar muhofazasi haqida ham to'xtalib o'tildi.

Xususan, adabiyot, sanʼat vakillarining mualliflik ijod namunalaridan ruxsatsiz foydalanish holatlari  juda koʻp uchrayotganligi, shu kabi huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida mulk egasi, oʻz mahsulotini intellektual mulk obyektlarining reestridan roʻyxatdan oʻtkazishi lozimligi, bu uning mahsulotga nisbatan egalik huquqini himoyalashga yordam berishi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Bahs-munozaraga boy tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati