Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

"Inson huquqlari - oliy qadriyat" mavzusida tadbir tashkil etildi


"Inson huquqlari - oliy qadriyat" mavzusida tadbir tashkil etildi


Inson huquqlari sohasidagi ta’lim har bir fuqaroning inson huquqlariga nisbatan hurmatini rag‘batlantirish va unga har tomonlama rioya etilishini ta’minlashda, zo‘ravonlik va nizolarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori мamlakatimizda inson huquqlari sohasidagi ta’limni yanada takomillashtirish, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi ijrosini ta’minlash, shuningdek, Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining to‘rtinchi bosqichida belgilangan vazifalarni samarali va o‘z vaqtida amalga oshirishda mustahkam huquqiy asosdir. "Inson huquqlari oliy qadriyat" mavzusida Guliston shahar Xalq ta’limi bo‘limida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida mazkur qaror mazmun-mohiyati xususida so'z bordi.


Tadbirda Guliston shahar Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsultlari A.Ortiqov va J.Boriyev tomonidan inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturining maqsadi va unda belgilangan vazifalar haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.

Muloqot mobaynida inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar,  O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi doirasida shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni ta’minlash borasida belgilangan maqsad va vazifalar batafsil tushuntirilib, yakunda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.  

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati