Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!


#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz
Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Ipoteka krediti asosida uy-joy olish uchun berilgan arizalar qaysi holatlarda rad etiladi?

Ariza quyidagi hollarda rad etiladi:

taqdim etilgan arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganda;
taqdim etilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri yoki soxta bo‘lganda;
ilgari shahar va qishloq joylarda arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda subsidiya olgan (avval olingan uy-joy boshqa shaxsga begonalashtirib yuborilgan taqdirda ham) oila a’zolari (eri, xotini) takroriy murojaat etganda;
joriy yilda hudud uchun ajratiladigan subsidiya soni tugaganda;

ariza beruvchi va (yoki) oilaning o‘rtacha oylik daromadi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — MHTEKMning 2,7 baravaridan kam va 8,0 baravaridan yuqori;

Toshkent shahrida — MHTEKMning 2,7 baravardan kam va 9,2 baravaridan yuqori bo‘lganda.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2020-yilning 25-martdagi 182-son qarori.